Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
"Sulh rejasi kamida 30 kun davomida o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish, “barchani barchaga” tamoyili asosida asirlar almashinuvini o‘tkazish, Rossiyaga olib ketilgan ukrainalik bolalarni qaytarish, shuningdek, Zelenskiy va Putin o‘rtasida uchrashuv o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.
Rejaga ko‘ra, Moskva va Kiyev AQSh va Yevropa ishtirokida urushni butunlay to‘xtatish shartlarini ishlab chiqish ustida ishlaydi.
Bundan tashqari, asosiy shartlarga tinchlik shartnomasi imzolanganidan so‘ng Ukrainaning harbiy salohiyatiga cheklovlar qo‘yilmasligi, Rossiyaning Ukraina hududlari ustidan suverenitetini xalqaro miqyosda tan olmaslik va Moskvaning Kiyevga tovon to‘lashi masalalari kiritilgan.
Hujjatda, shuningdek, front chizig‘ining hozirgi joylashuvi hududlar bo‘yicha muzokaralar uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lishi ta’kidlangan.
Reuters agentligining yozishicha, bu shartlar Rossiya so‘nggi bir necha hafta davomida ommaviy ravishda ilgari surgan talablardan sezilarli darajada farq qiladi.