Uganda poytaxti Kampalada chiqindixonada sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda shanba kuni mahalliy hokimiyatga tayanib, Reuters xabar berdi.
«Hodisa juma kuni kechqurun kuchli yomg‘ir natijasida chiqindixona qismlari qulab, yaqin atrofdagi ba’zi uylarga ta’sir qilganidan keyin sodir bo‘ldi», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, hukumat va Qizil Xoch xodimlari birgalikda olib borilgan qutqaruv tadbirlari natijasida vayronalar ostidan 14 kishini qutqarib qolgan.