Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

UFC sobiq jangchisi o‘qqa tutildi!

UFC sobiq jangchisi o‘qqa tutildi!

Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) UFC sobiq jangchisi va maxsus kuchlar faxriysi Tim Kennedining yaralanganligi haqidagi xabarlar 8 oktyabrdan beri matbuotda faol muhokama qilinmoqda, biroq hozircha AQSh yoki KDR rasmiylaridan biror xabar yo‘q.

Ba’zi norasmiy manbalarning ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 2026 yil 17 sentyabrda sodir bo‘lgan. Kennedi pistirmaga tushib qolgan. U kuchli o‘qqa tutilgan uch kishilik guruhning bir qismi edi.

Xabar qilinishicha, Tim oyog‘iga uchta o‘q qabul qilib olgan. Kennedini evakuasiya qilish taxminan sakkiz soat davom etgan, shundan so‘ng u davolanish uchun AQShga olib ketilgan. Uning ahvoli barqaror deya ma’lum qilinmoqda.

Kiritildi: 14:47 09.10.2026. O'qildi: 776 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!