Bugun 26 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

UFC prezidenti Islom Maxachevning keyingi jangi kimga qarshi bo‘lishi mumkinligini aytdi

UFC prezidenti Islom Maxachevning keyingi jangi kimga qarshi bo‘lishi mumkinligini aytdi

Dog‘istonlik sportchi Islom Maxachev yarim o‘rta vazn toifasidagi titul uchun jang qilishi mumkin.

Bu haqida UFC prezidenti Dana Uayt ma’lum qildi. Jurnalistning Maxachev yarim o‘rta vazn toifasi tituli uchun keyingi da’vogar bo‘lishi mumkinmi, degan savoliga Uayt “Albatta” deya javob qaytardi.

Maxachev 2022 yil oktyabr oyidan buyon yengil vazn toifasidagi UFC tituliga egalik qilib kelmoqda. Chempionlik janglarida Charlz Oliveyrani, Dastin Poryeni va ikki marta Aleks Volkanovskini taslim etgandi. 2023 yilning kuzidan boshlab Islom P4P reytingida yetakchilik qilmoqda.

Yarim o‘rta vazn toifasidagi chempionlik Bilol Muhammadga tegishli. Bilol 8 dekabr kuni Shavkat Rahmonovga qarshi jang qiladi.

Maxachev esa ushbu juftlik g‘olibiga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Kiritildi: 23:25 25.10.2024. O'qildi: 234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!