Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

UYEFA Rossiyani Millatlar ligasiga kiritmadi

A A A
UYEFA Rossiyani Millatlar ligasiga kiritmadi

UYEFA Rossiya terma jamoasini Millatlar ligasi qur’a tashlash marosimi ishtirokchilari qatoriga kiritmadi.

Rossiya terma jamoasi Millatlar ligasining 2024/25 yilgi mavsumiga qur’a tashlash marosimiga kiritilmadi, deb yozadi «TASS» UYEFA matbuot xizmatiga tayanib.

2024/25 yilgi Millatlar ligasida 54 ta jamoa ishtirok etadi. Musobaqa AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi jahon chempionatiga saralash bosqichi doirasida o‘tkaziladi.

Millatlar Ligasi 2018 yildan beri o‘tkazib kelinadi. 2022 yilda UEFA va FIFA Rossiya klublari va terma jamoalaridan xalqaro o‘yinlarda ishtirok etish huquqini olib qo‘ydi.

Rossiya terma jamoasi so‘nggi Millatlar ligasida ishtirok eta olmadi, shu bois B divizionidan C divizioniga tushib ketdi.

Kiritildi: 21:31 02.12.2023. O'qildi: 1779 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!