Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

UYEFA Mbappening Yevroda qora niqobda o‘ynashiga ruxsat berdi

A A A
UYEFA Mbappening Yevroda qora niqobda o‘ynashiga ruxsat berdi

UYEFA Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening Yevro-2024da qora rangdagi niqob bilan to‘p surishiga ruxsat berdi.

Fransiya milliy jamoasi forvardi 1-tur doirasidagi Avstriyaga qarshi o‘yin (1:0) yakunida burnini sindirib olgandi. Kilian uchun Fransiya bayrog‘idagi ranglardan maxsus niqob tayyorlangan bo‘lishiga qaramay, UYEFA futbolchining bunday niqobda to‘p surishiga ruxsat bermagandi. Reglamentga binoan, niqob bir xil rangda bo‘lib, jamoa yoki ishlab chiqaruvchining belgilari bo‘lmasligi lozim.

RMC Sport xabariga ko‘ra, UYEFA Mbappe uchun tayyorlangan qora rangdagi niqob bilan maydonga tushishga ruxsat bergan.

Fransiya ertaga, 25 iyun kuni 3-tur doirasida Polshaga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 22:34 24.06.2024. O'qildi: 1391 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!