UYEFA Chempionlar ligasi 2025/2026 mavsumi 1/8 finalidagi Benfika – Real Madrid uchrashuvida braziliyalik futbolchi Vinisius Juniorga nisbatan diskriminasion xatti-harakatlar bo‘lgani haqidagi ayblovlar yuzasidan tergov boshlanganini e’lon qildi.
Tashkilot bayonotida aytilishicha, o‘yin davomida kuzatilgan holatlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish uchun UYEFAning etika va intizom inspektori tayinlangan. Qo‘shimcha ma’lumotlar yaqin kunlarda taqdim etiladi.
Uchrashuv 17 fevral kuni Lissabondagi “Luz” stadionida bo‘lib o‘tdi. 50-daqiqada Vinisius Junior gol urib, “Real Madrid”ni 1:0 hisobida oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng u maydon chetida o‘ziga nisbatan irqiy haqoratlar bo‘lganini bildirdi.
Futbolchi bosh hakam — fransiyalik Fransua Leteksyega “Benfika” o‘yinchisi Janluka Prestianni tomonidan irqiy harakat sodir etilganini aytdi.
Holat yuzasidan rasmiy qaror tergov yakunlariga ko‘ra qabul qilinadi.