Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Uchtepadagi avtoservisda portlash sodir bo‘ldi. Jarohatlanganlar bor

A A A
Uchtepadagi avtoservisda portlash sodir bo‘ldi. Jarohatlanganlar bor

Bugun, 14 mart kuni, soat 11:15 larda Toshkent shahar FVV vazirligi boshqarmasiga Uchtepa tumanidagi Foziltepa ko‘chasida joylashgan avtoservislardan birida portlash ro‘y bergani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Poytaxt IIBB axborot xizmatining xabar berishicha, voqea oqibatida xizmat ko‘rsatish binosi tomining bir qismi qulab tushgan. Jarohatlanganlar kasalxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, portlash kislorod ballonidan foydalanishda xavfsizlik qoidalarining buzilishi sabab yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Hodisa joyida yong‘in ro‘y bermagan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, prokuratura va Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi xodimlari voqea joyida ishlashmoqda.

Kiritildi: 13:39 14.03.2020. O'qildi: 2793 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik