Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Uchtepa tumanida daraxtlar qasdan zaharlantirildi

A A A
Uchtepa tumanida daraxtlar qasdan zaharlantirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Uchtepa tumani 25 mavzedagi daraxtlar noma’lum fuqarolar tomonidan zaharlanishi bilan bog‘liq vaziyat yuzaga kelgan" sarlavhali tanqidiy material e’lon qilindi.

Uchtepa tuman hokimining uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Aziz Naimovning ma’lum qilishicha:

Tuman Ekologiya inspeksiyasining yozma xulosasiga ko‘ra, haqiqatdan ham, Uchtepa tumani 25 mavze 2-uy yonidaga daraxtlarni qasdan quritish maqsadida daraxtlarning pastki qismiga noma’lum kimyoviy modda sepilgan. Ammo, bu kimyoviy modda kim tomonidan sepilgani xozircha noma’lum.

Shu bois, hozirda huquqni muhofaza idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qo‘shimcha ma’lumotlar aniqlanishi bilan e’lon qilinadi.

Kiritildi: 14:55 29.07.2024. O'qildi: 1298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!