Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Uch mamlakat energetika va suv xo‘jaliklari vazirlari uchrashdi

Uch mamlakat energetika va suv xo‘jaliklari vazirlari uchrashdi

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston energetika va suv xo‘jaliklari vazirlarining navbatdagi ishchi uchrashuvi o‘tkazildi.

Energetika vazirligida bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuvda Ozarbayjon energetika vaziri o‘rinbosari mehmon sifatida ishtirok etdi.

Unda mamlakatlar suv-energetika tizimining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tarmoqlar ish rejimlarining grafiklari kelishildi.

Vazirlik axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur muloqotda hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, xususan, “Qambarota GES-1” qurilishi loyihasining hozirgi holati hamda suv-energetika balansini muvofiqlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, uchrashuvda Xitoyning “SEES” kompaniyasi vakillari bilan Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod viloyatida “Chotqol” GES qurilishi yuzasidan o‘tkazilgan dastlabki o‘rganishlar va kelgusi rejalar xususida ham so‘z bordi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida doimiy ishchi guruh yig‘ilishlarini o‘tkazib turish va loyihalarni amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ni imzolash taklif etildi hamda tegishli hujjatlar imzolandi.

Kiritildi: 08:46 14.10.2024. O'qildi: 683 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!