Bugun 18 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

U-23 Osiyo kubogi. Yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi

U-23 Osiyo kubogi. Yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi

Saudiya Arabistoni maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan U-23 Osiyo Kubogida chorak final uchrashuvlari yakuniga yetdi. So‘nggi bahsda Janubiy Koreya U-23 terma jamoasi Avstraliyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, musobaqaning yarim final bosqichida Vyetnam U-23 terma jamoasi Xitoyga qarshi maydonga tushadi. Ikkinchi yarim final uchrashuvida esa Yaponiya va Janubiy Koreya U-23 terma jamoalari final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. Mazkur bahslar 20 yanvar, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

U-23 Osiyo kubogi yarim final juftliklari:

Vyetnam U-23 — Xitoy U-23
Yaponiya U-23 — Janubiy Koreya U-23


Yarim final bosqichida g‘alaba qozongan jamoalar 24 yanvar kuni o‘tkaziladigan final bahsida to‘qnash keladi. Mag‘lub bo‘lgan jamoalar esa 23 yanvar sanasida bronza medali uchun bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, 2028-yilgi Los-Anjeles Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik doirasida ushbu turnirda O‘zbekiston U-21 terma jamoasi ham ishtirok etdi. Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoa chorak finalda Xitoyga qarshi maydonga tushdi. O‘zbekiston asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda durang qayd etganiga qaramay (0:0), penaltilar seriyasida 2:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.

Kiritildi: 23:27 17.01.2026. O'qildi: 292 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!