Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida bir guruh yigitlar to‘y korteji uyushtirib, guruh bo‘lib harakatlandi. Bu haqda viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
"Qonunga bo‘ysinmasdan, guruh bo‘lib harakatlanib, qoidani buzdik. Qilgan ishimizdan pushaymonmiz. Boshqa qaytarilmaydi", - deydi huquqbuzarlardan biri.
IIB JHB YHX tomonidan yigitlarning shaxsiga aniqlik kiritildi. Sud tomonidan 16 nafar yigitga 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Mashinalar jarima maydoniga qo‘yildi.
Samarqand viloyati IIB xabariga ko‘ra, viloyatning Kattaqo‘rg‘on shahrida ham shunday huquqbuzarlik sodir etilgan.
Qayd etilishicha, bir guruh yigitlar Amir Temur ko‘chalari bo‘ylab, to‘y kortejida guruh bo‘lib harakatlangan. Olib borilgan surishtiruvlar davomida mazkur haydovchilarning shaxsiga aniqlik kiritildi. Ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.