Polsha bosh vaziri Donald Tusk qochqinlarga boshpana berishni to‘xtatish huquqini talab qilmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda .
Tuskning so‘zlariga ko‘ra, uning qarori muhojirlarni Polsha chegaralari orqali ommaviy ravishda o‘tkazishni nazarda tutuvchi gibrid urushga javobdir. Uning qayd etishicha, bunday urushda boshpana huquqi qurol sifatida qo‘llaniladi va inson huquqlariga hech qanday aloqasi yo‘q.
Tuskning eslatishicha, Fransiya may oyida boshpana so‘rovlarini qabul qilishni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ygan edi.