Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Turkmanistondagi «Barakali» bozori telereportaj uchun yopib qo‘yilib, turli mahsulotlar bilan to‘ldirildi

Turkmanistondagi «Barakali» bozori telereportaj uchun yopib qo‘yilib, turli mahsulotlar bilan to‘ldirildi

Ashxobod shahridagi «Barakali» bozori xaridorlar uchun yopib qo‘yilib, telereportaj tayyorlash maqsadida mahsulotlar bilan to‘ldirildi, deb xabar beradi «Xroniki Turkmenistana»ga asoslanib Daryo nashri.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bozor rastalari turli-tuman meva va poliz ekinlari, qandolatchilik mahsulotlari, oxirgi vaqtlarda ancha taqchil bo‘lgan tovuq tuxumlari bilan to‘ldirilgan. Rastalar orasida operatorlar kamerasi bilan harakatlangan. Bozorga kirishda esa operatorlarning yordamchilari navbatchilik qilgan. Ular bugun bozor ishlamasligini aytib, xaridorlarni bozor ichiga qo‘ymagan.

Mustaqil jurnalistlarning taxminicha, «oziq-ovqat mo‘lligi» haqidagi reportaj Turkmaniston mustaqilligi kuni — 27 sentyabrda televideniye orqali namoyish etilishi mumkin.

«Umuman olganda deyarli har kuni davlat OAVlarida mamlakatda yetishtirilayotgan mahsulotlar haqida materiallar namoyish etilmoqda», — deyiladi xabarda.

Mustaqil OAVning ma’lumotlariga ko‘ra, Turkmaniston davlat do‘konlarida so‘nggi bir necha yildan buyon taqchillik va uzundan uzoq navbatlar kuzatilmoqda. Xususiy do‘konlarda tanlov bor, biroq narx ancha qimmat. Narxlarning yuqoriligi dollarning rasmiy va «qora bozor»dagi kursi orasidagi farq bilan izohlanmoqda.

Kiritildi: 11:39 23.09.2019. O'qildi: 2113 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!