Bugun 3 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Turkiyaning turizm daromadi 8,3 foizga oshdi

Turkiyaning turizm daromadi 8,3 foizga oshdi

O‘tgan yili Turkiyaga 62 million 269,89 ming xorijiy sayyoh tashrif buyurdi, bu 2023 yilga nisbatan 9,8 foizga ko‘pdir.

Turkiyaga eng ko‘p sayyohlar Rossiya, Germaniya va Buyuk Britaniyadan kelgan.

Turkiyaning 2024 yilda turizmdan tushgan daromadi o‘tgan yilga nisbatan 8,3 foizga ko‘p, 61,1 milliard dollarni tashkil etdi.

Turkiyaga kelgan xalqaro ziyoratchilar mamlakatda o‘rtacha 10,7 kun o‘tkazdi, har bir tashrifchidan tushgan daromad 972 dollarni tashkil etdi.

Kiritildi: 20:21 31.01.2025. O'qildi: 519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!