Turkiyaning qadimiy Gordion shahri YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi.
Bu haqda Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan YUNESKO Jahon merosi qo‘mitasining 45-sessiyasida qaror qabul qilindi.
Bu bilan Turkiyaning YUNESKO Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan joylari soni 20 taga ko‘tarildi.
Eslatib o‘tamiz, Anqarada joylashgan Gordion Frigiyaning siyosiy va madaniy poytaxti bo‘lib, u miloddan avvalgi 12-asrda Xet imperiyasi parchalanganidan keyin tashkil topgan.