Turkiyada 13 yoshli bola zilziladan 55 soat o‘tib, vayronalar ostidan chiqarildi. Ahamiyatlisi, u shu vaqt davomida qo‘lida to‘tiqushni ushlab turgan.
Mo‘’jiza sabab omon qolgan o‘smirga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Qushchani ham esdan chiqarishmadi, unga suv va non berishdi.