Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 16 546 kishiga yetdi
Payshanba kuni Turkiya OAVlari xabar berishicha, jarohatlanganlar soni 66 132 kishini tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan edi.
Zilzila o‘chog‘i Qahramanmarash viloyatining Pazardjik tumanida, 7 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Hatay, Gaziantep, Kilis, Osmaniya, Malatya, Adiyaman, Shanliurfa, Diyorbekir, Adana va Qahramanmarash viloyatlarida jiddiy vayronagarchiliklar kuzatilmoqda.