Turkiyada yuz bergan kuchli zilzila tufayli litosfera plitalari uch metrga siljidi. Bu haqda Italiya Geofizika va vulqonologiya milliy instituti (INGV) prezidenti Karlo Dolioni Corriere della Sera gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Falokatli hodisa natijasida Arab plitasi Anadolu plitasiga nisbatan janubi-g‘arbiy yo‘nalishda harakatlandi.
Bu mintaqa seysmik “qaynoq nuqta” hisoblanadi, chunki u to‘rtta uzluksiz to‘qnashuvchi – Anadolu, Arab, Yevroosiyo va Afrika plitalari kesishmasida joylashgan.
Dolionining so‘zlariga ko‘ra, zilzilalar uzoq davom etadigan “seysmik epidemiya”ning bir qismi bo‘lib, u o‘tmishda ba’zi hollarda bo‘lgani kabi kunlar, oylar va hatto yillar mobaynida davom etishi mumkin, Yig‘ilgan energiya chiqarilmaguncha, silkinishlar davom etadi, deyiladi lenta.ru saytida.