Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol shar’iy nikohdagi eri tomonidan o‘ldirildi

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol shar’iy nikohdagi eri tomonidan o‘ldirildi

Turkiyada o‘zbekistonlik bo‘lgan ayol shar’iy nikohdagi turmush o‘rtog‘i tomoni tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda mamlakat mahalliy nashrlari xabar berishdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston fuqarosi 46 yoshli Adilova Barno Düzce shahrida turkiyalik 68 yoshli turmush o‘rtog‘i bilan birga yashagan.

Ular o‘rtasida suhbat chog‘ida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Suhbat janjalga aylanib ketgan va erkak ayolga pichoq bilan hujum qilib, pichoqlagan. Hodisadan so‘ng gumonlanuvchi 112 tez yordam xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, vaziyatni ma’lum qilgan.

Voqea joyiga polisiya va tibbiyot guruhlari jo‘natildi. Tibbiy guruhlar tekshiruvdan so‘ng ayolning vafot etganini aniqladi. Gumonlanuvchi polisiyaga borib taslim bo‘lgan va voqea yuzasidan tergov boshlangan.

Kiritildi: 11:19 23.09.2023. O'qildi: 2495 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!