Turkiyada achinarli voqea sodir bo‘ldi.
«Fenerbaxche»ning sobiq futbolchisi, oxirgi yillarda jamoa rahbariyatini keskin tanqid qilib kelayotgan Serhat Akin qurolli hujumga uchradi. Qurollangan shaxs futbolchining oyog‘ini jarohatlagan.
Hozirda oyog‘idan yaralangan sobiq o‘yinchining ahvoli yaxshiligi ma’lum qilindi.