Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Turkiyada Rossiya bilan muzokaralar uchun Ukraina delegasiyasi tarkibida kimlar bo‘ladi?

Turkiyada Rossiya bilan muzokaralar uchun Ukraina delegasiyasi tarkibida kimlar bo‘ladi?

Zelenskiy Turkiyada Rossiya bilan muzokaralar uchun Ukraina delegasiyasi tarkibini tasdiqladi.

Avvalroq e’lon qilinganidek, delegasiyaga mudofaa vaziri Rustem Umerov rahbarlik qiladi.

Shuningdek, Ukrainadan quyidagilar vakillik qiladi:
✹ Sergey Kislisa — Ukraina tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari;
✹ Aleksandr Poklad — Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) raisining o‘rinbosari;
✹ Oleg Lugovskoy — Tashqi razvedka xizmati raisining birinchi o‘rinbosari;
✹ Aleksey Shevchenko — Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i o‘rinbosari;
✹ Vadim Skibiskiy — Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;
✹ Yevgeniy Shinkaryov — Ukraina Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi shtabi boshlig‘i o‘rinbosari;
✹ Aleksandr Dyakov — Ukraina Harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonligi shtabi boshlig‘i o‘rinbosari;
✹ Aleksey Malovaskiy — Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Markaziy yuridik boshqarmasining xalqaro va operasion huquq boshqarmasi boshlig‘i;
✹ Aleksandr Sherikhov — Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Bosh operativ boshqarmasi katta zobiti;
✹ Georgiy Kuzmichev — Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh qo‘mondoni apparatini ta’minlash xizmati protokol bo‘limi zobiti;
✹ Aleksandr Bevz — Prezident ofisi rahbari maslahatchisi.

Kiritildi: 09:15 16.05.2025. O'qildi: 600 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!