Bugun 20 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

TURKIYADA “OLTIN KUZ” TAROVATI: OILAVIY TA’TIL UCHUN MUKAMMAL MAVSUM

TURKIYADA “OLTIN KUZ” TAROVATI: OILAVIY TA’TIL UCHUN MUKAMMAL MAVSUM

Turkiya kuz faslida dam olish uchun eng qulay va eng ma’qul mamlakatlardan biridir. Ushbu maqolada oktyabr oyida Turkiyaga sayohat qilish haqida bilish kerak bo‘lgan foydali ma’lumotlar mujassamlashgan: ob-havo sharoiti, turar joy tanlash, tur narxlari.

Turkiyada oktyabr oyi O‘rta yer dengizi sohilida quyoshli va quruq ob havo kuzatiladi. Kunduzi havo harorati +25°S, kechasi esa +15...+18°S ga yetadi. Dengizdagi suv +22...+24°S gacha qiziydi. Ammo oktyabr oyining ikkinchi yarmidan boshlab ob-havo pasayadi – dengiz tez-tez bo‘ronli, kam quyoshli, yomg‘ir yog‘adi va dengizda kuchli shamol esadi.

Oktyabr oyida Turkiyada dam olishni rejalashtirayotganlarga quyidagi joylarni tanlash tavsiya qilinadi:

- Antaliya - quyoshli va quruq ob-havo, plyajda dam olish uchun ideal sharoitlar.

- Marmaris va Bodrum - Oktyabr oyining boshida borish yaxshiroqdir, chunki 12-15 oktyabrdan keyin u yerda yomg‘irli mavsum boshlanadi.

- Alaniya va Kemer – eng hamyonbop dam olish maskanlari.

Oktyabr oyida Turkiyada bolalar bilan dam olish ajoyib fikr. Ko‘pgina mehmonxonalar o‘z narxlarini pasaytiradi, ammo xizmat ko‘rsatish va animasiya sifati eng yuqori darajadaligicha qoladi. Antaliya va Belekda bolalar uchun rivojlangan o‘yin-kulgu infratuzilmasi mavjud va boshqa shaharlarda kichkintoylar uchun ko‘plab qiziqarli tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Oktyabr oyida Turkiyada quyidagi mashg‘ulotlarni amalga oshirish mumkin:

• Plyajda dam olish - yoqimli ob-havo tufayli plyaj futboli va voleybol Turkiya qirg‘oqlarida mashhur; Suvdagi mashg‘ulotlar va qayiq sayohatlari ham yuqori talabga ega.

• Dengizga sho‘ng‘ish - dengiz suvining harorati sho‘ng‘ish uchun mos keladi.

• Ekskursiyalar – mo‘’tadil ob-havo tashrif sayohatlari uchun manzur keladi.

• Istirohat bog‘lari va delfinariylar - bolalar bilan tashrif buyurish uchun.

• Xarid qilish - mavsum oxiri xarid qilish uchun ajoyib vaqt. Ko‘pgina savdo markazlari va bozorlarda esdalik mahsulotlarini topish mumkin. Istanbul va Antaliyada doimiy ravishda chegirmalarni taklif qiladigan savdo nuqtalari mavjud.

Turkiya turizm infratuzilmasi rivojlangan ajoyib mamlakat. Shubhasiz, oktyabr oyidagi ta’til ko‘plab takrorlanmas taassurotlar va ijobiy his-tuyg‘ularni olib keladi.

Kiritildi: 12:48 19.09.2024. O'qildi: 379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!