“Jumhuriyat xalq partiyasi” (CHP) yetakchisi O‘zgur O‘zel bugun, 21 mart kuni butun Turkiya aholisini iftorlikdan so‘ng, ko‘chaga chiqishga va namoyishlar o‘tkazishga chaqirdi. U bu haqda Beylikduzu munisipalitetidagi chiqishida ma’lum qildi.
"Soat 20:30 da mamlakatimizning 81 viloyati va 973 tumanida o‘tkazadigan katta mitinglar, maydonlar va ko‘chalarga butun Turkiyani taklif qilaman", — dedi O‘zel.
Eslatib o‘tamiz 19 mart kuni muxolif siyosatchi, Istanbul meri Ekrem Imamog‘lu hibsga olingan edi. Ekrem Imamog‘lu Turkiyada 2027 yilda bo‘lib o‘tishi kutilayotan prezidentlik saylovida Rajab Toyyib Erdog‘anning asosiy raqibi sifatida ko‘riladi.