Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Turkiyada Istanbul meri qo‘lga olinganidan keyin internetga ulanish bilan bog‘liq muammolar kuzatilmoqda

Turkiyada Istanbul meri qo‘lga olinganidan keyin internetga ulanish bilan bog‘liq muammolar kuzatilmoqda

X, Youtube, Tik Tok va Instagram kabi bir qancha ijtimoiy tarmoqlarga kirish cheklandi, deb xabar bermoqda NetBlocks monitoring resursi.

Istanbul gubernatori shahar merining hibsga olinishi fonida 23 martgacha har qanday namoyishlarni taqiqladi. Shahardagi markaziy ko‘chalar yopildi.

Avvalroq, Istanbul meri va muxolifat yetakchisi Akrom Imomo‘g‘li hibsga olingani haqida xabar bergan edik

U 8 mart kuni prezidentlik uchun rasman kurashga kirishgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, siyosatchi bilan birga uning matbuot kotibi Murat Ongun ham qo‘lga olingan. Hozirda merning uyida tintuv o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:14 19.03.2025. O'qildi: 1061 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!