Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Turkiyada erini o‘ldirib, jasadini 15 bo‘lakka ajratgan ayol umrbod qamaldi

Turkiyada erini o‘ldirib, jasadini 15 bo‘lakka ajratgan ayol umrbod qamaldi

Turkiyaning Bursa shahrida 69 yoshli ayol 75 yoshli turmush o‘rtog‘ini o‘ldirib, uning jasadini 15 bo‘lakka ajratgan va bo‘laklarni turli chiqindi konteynerlariga tashlagan. Sud qarori bilan ayol umrbod ozodlikdan mahrum etildi.

Ish bo‘yicha sud jarayonida eng e’tiborni tortgan holatlardan biri — ayolning jasadni qanday qilib bo‘laklarga ajratgani haqidagi savolga bergan javobi bo‘ldi.

Undan bu ishni qanday bajargani va qiynalmagan-qiynalmagani so‘ralganida, ayol uyida qurbonlik uchun mol so‘yishga o‘rgangani sababli bu jarayon unga qiyin bo‘lmaganini aytgan.

«Uyda qurbonlikni o‘zim so‘yganim uchun juda oson bo‘ldi, qiynalmadim», — degan u.

Kiritildi: 14:31 11.10.2026. O'qildi: 889 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!