Turkiyaning Chanoqqal’a shahrida yo‘lovchi avtobusi samosval va yengil avtomobil bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda NTV telekanali xabar bermoqda.
Aniqlik kiritilishicha, yana 20 kishi shifoxonada.
Chanoqqal’a meri Omer Toraman ta’kidlaganidek, shifoxonaga yotqizilganlar orasida hayoti xavf ostida bo‘lgan og‘ir ahvoldagi bemorlar ham bor.
Prokuratura avariyaning barcha holatlarini aniqlash bilan shug‘ullanmoqda.