Bugun 10 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Turkiyada 4000 nafar noqonuniy migrant qo‘lga olindi

Turkiyada 4000 nafar noqonuniy migrant qo‘lga olindi

Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya so‘nggi bir oy ichida mamlakat boylab 200 ga yaqin noqonuniy migrasiya tashkilotchisi va 4000 dan ortiq noqonuniy migrant qo‘lga olinganini ma’lum qildi,

Turli viloyatlarning jandarmeriya qo‘mondonliklari tomonidan o‘tkazilgan maxsus operasiyalar davomida boshqa davlat fuqarolarini tashishda foydalanilgan 107 ta avtomashina qo‘lga olindi.

Barcha gumonlanuvchilarga nisbatan tergov harakatlari boshlangan. Qo‘lga olingan noqonuniy migrantlar migrasiya polisiyasining hududiy bo‘linmalariga yuborildi.

Hozirda odamlarni o‘z mamlakatlariga deportasiya qilish bo‘yicha tegishli tartib-taomillar olib borilyapti.

Eslatib o‘tamiz, Livan janubidagi vaziyat keskinlashganidan so‘ng Yaqin Sharq davlatlaridan Turkiyaga sayohat qilayotganlar soni keskin oshgan. Yuzlab Livan fuqarolari Isroil havo hujumlaridan qutulish uchun Istanbulga yetib keldi. Livanliklar sodir bo‘lgan voqeadan hayratda, biroq tez orada uylariga qaytishga umid qilyaptilar.

Ayni paytda Livan hukumati mamlakatni tark etmoqchi bo‘lgan fuqarolariga pasportsiz chiqib ketishga ruxsat beryapti.

Kiritildi: 22:51 09.10.2024. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!