Turkiyada nazorat qiluvchi organlar yong‘in xavfsizligi me’yorlari va zarur lisenziyalar mavjudligini tekshirish davomida 210 dan ortiq mehmonxonalarni muhrlab qo‘ydi.
Bu haqda Turkiya OAVlari xabar bermoqda.
G‘arbiy Bursa viloyatida mashhur tog‘-chang‘i markazi Uludag‘da 161 mehmonxona va villalar muhrlangan.
Ular tomonidan qonunbuzarliklar, jumladan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun lisenziyalar mavjud emasligi, shuningdek, binolarni jihozlashda xavfsizlik talablari buzilishi holatlari aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, 21 yanvarga o‘tar kechasi Bolu viloyatidagi Kartalkaya tog‘-chang‘i kurortidagi mehmonxonada yong‘in sodir bo‘lgan edi. Mehmonxonada jami 238 nafar mehmon bor edi. Yong‘in oqibatida 78 kishi halok bo‘ldi, 50 ga yaqin kishi jarohatlandi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on yong‘inga aloqador 28 kishi hibsga olinganini ma’lum qildi.