Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Turkiya zilziladan jabr ko‘rgan hududlardagi universitetlarda ta’limni to‘xtatdi

Turkiya zilziladan jabr ko‘rgan hududlardagi universitetlarda ta’limni to‘xtatdi

Zilziladan jabr ko‘rgan hududlardagi oliy o‘quv yurtlarida o‘quv jarayoni to‘xtatildi.

Bu haqda Turkiya vise-prezidenti Fuat O‘qtay bugun ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ta’lim to‘xtatilgan universitetlar binolari boshpana sifatida foydalaniladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun ertalab Turkiya janubi-sharqida 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Zilzila o‘chog‘i Qahramanmarash viloyatining Pazardjik tumanida, 7 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Hatay, Gaziantep, Kilis, Osmaniya, Malatya, Adiyaman, Shanliurfa, Diyorbekir, Adana va Qahramanmarash viloyatlarida jiddiy vayronagarchiliklar kuzatilmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida 1541 kishi halok bo‘lgan, 9733 kishi jarohatlangan.

Kiritildi: 21:10 06.02.2023. O'qildi: 2250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!