BMT insoniyat muammolarini hal qilishda ojizdir. Bu haqda Turkiya adliya vaziri Yilmaz Tunch «A Haber» telekanali efirida ma’lum qildi, deb yozadi «Report».
Uning so‘zlariga ko‘ra, BMTda islohotlarga ehtiyoj bor.
Vazirning aytishicha, bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida sodir bo‘layotgan voqealar shundan dalolat beradi.