Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Turkiya “Vaqf” jamg‘armasi 80 ta davlatga millionga yaqin Qur’oni karim tarqatdi

Turkiya “Vaqf” jamg‘armasi 80 ta davlatga millionga yaqin Qur’oni karim tarqatdi

Turkiyadagi “Vaqf” xayriya jamg‘armasi “Sovg‘am Qur’on bo‘lsin” shiori ostida dunyoning 80 ta davlatiga millionga yaqin Mushafi sharifni hadya tariqasida ulashdi.

Mamlakatdagi “Vaqf” xayriya jamg‘armasi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Ehsan Achik matbuotga bergan bayonotida bunday dedi: “Biz Qur’oni karim ma’nolarini 20 ta tilga tarjima qilingan nusxasini bosib chiqdik. 2015 yildan buyon davom etayotgan ushbu aksiya doirasida Turkiya va boshqa 80 ga yaqin xorij mamlakatidagi ehtiyojmand kishilarga 977 101 dona Qur’oni karim kitobini yetkazib berdik”.

Ma’lumot uchun, Qur’oni karim kitobining 645 ming 260 dona nusxasi xorijga, 331 ming 841 donasi esa Turkiya hududida tarqatilgan.

– Xayriya jamg‘armamizning “Har bir uyga Qur’oni karimni kiritish” shiori doirasida xorij davlatlaridagi yog‘och taxtalarga Qur’oni karim oyatlarini yozib yodlayotgan yuz minglab yoshlarning orzusini amalga oshirishga erishdik”, deydi Ehsan Achik.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Xalqaro aloqalar bo‘limi

Kiritildi: 21:16 12.01.2021. O'qildi: 2049 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!