Turkiya va Rossiya Moskva va Kiyev o‘rtasida tinchlik o‘rnatishga qaratilgan sa’y-harakatlarni muhokama qildi . Bu haqda Reuters agentligi turk diplomatik manbasiga tayanib xabar bermoqda.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra , Rossiya va Turkiya tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Xoqon Fidan 15 may kuni Istanbulda telefon orqali prezident Vladimir Putinning Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralar taklifini muhokama qilishgan.