Turkiya Milliy mudofaa vaziri Yashar Gyuler va amerikalik hamkasbi Lloyd Ostin o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Bu haqda Turkiya mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tomonlar Suriyadagi mavjud vaziyat, shuningdek, mudofaa va xavfsizlik sohasida ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.