Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Turkiya uysiz hayvonlarga oid qonun loyihasini qabul qildi

A A A
Turkiya uysiz hayvonlarga oid qonun loyihasini qabul qildi

Qonunda aytilishicha, hayvonlarni evtanizasiya qilish taqiqlanadi. Shu bilan birga, parvarish qilinadigan hayvonlar davolab bo‘lmaydigan kasalliklarga chalingan yoki o‘tkir yuqumli kasalliklar tashuvchisi bo‘lgan hollarda veterinariya shifokorining qarori bilan evtanizasiya qilinishi mumkin.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (parlamenti) tomonidan qabul qilingan va tasdiqlangan qonunga muvofiq, barcha qarovsiz itlar to‘planib, hayvonlar boshpanasiga olib ketiladi. Hayvonlar boshpanasiga joylashtirilgan itlar sterilizasiya qilinadi va asrab olinadi.

Shuningdek, uy hayvonlarini ko‘chaga tashlab ketganlar 60 ming turk lirasi miqdorida jarimaga tortiladi.

Hujjatga ko‘ra, qarovsiz itlarni yig‘magan va qonun hujjatlariga rioya qilmagan hokimlik rahbarlari 6 oydan 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.

Ma’lum qilinishicha, mushuk va it egalari 2025 yilgacha uy hayvonlarini raqamli identifikator yordamida ro‘yxatdan o‘tkazishlari kerak bo‘ladi.

Bog‘lab bo‘lmaydigan kasalliklarga chalingan, o‘tkir yuqumli kasalliklar tashuvchisi bo‘lgan yoki salbiy xulq-atvorini nazorat qilib bo‘lmaydigan hollarda veterinariya shifokorining ixtiyoriga ko‘ra evtanizasiya qilinishi mumkin.

Kiritildi: 16:23 30.07.2024. O'qildi: 1043 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!