Bugun 4 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Yevropani Kipr masalasida xolis bo‘lishga chaqirdi

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Yevropani Kipr masalasida xolis bo‘lishga chaqirdi

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqining Kiprda Turkiya Qurolli Kuchlarini obro‘sizlantiradigan yodgorlik qurish uchun Gresiyaga mablag‘ ajratish rejalari fonida Yevropani Kipr masalasida xolis bo‘lishga chaqirdi.

Mablag‘ ajratish bo‘yicha tavsiyalar Yevropa Parlamentining Ayollar va gender tengligi qo‘mitasining 2027 yilgi Yevropa Ittifoqi byudjeti bo‘yicha xulosasida keltirilgan.

"1974 yildagi Kipr tinchlik operasiyasi davomida Turkiya Qurolli Kuchlari Kipr turk aholisining qirilib ketishining oldini oldi va orolga yarim asrdan ortiq davom etgan tinchlik olib keldi", deb ta’kidladi Turkiya vazirligi.

Yunoniston tomoni tomonidan ilgari surilgan nazariyalar tarixiy faktlarni buzib ko‘rsatayotgani va siyosiylashtirayotgani ta’kidlanmoqda.

"Evropa Ittifoqi institutlari Kipr masalasini hal qilishga ko‘maklashish o‘rniga, xolislik va adolat tamoyillaridan voz kechib, yunon tomoni uchun tashviqot vositasiga aylanayotgani millatlararo ishonchni yanada pasaytiradi", deyiladi bayonotda.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqi rasmiylarini Anqarani Yevropa Ittifoqidan uzoqlashtirishdan manfaatdor bo‘lganlarni qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqiradi.

Kiritildi: Bugun 08:50. O'qildi: 259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!