Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Turkiya tashqi ishlar vaziri Ukraina urushi yil oxirigacha yakunlanishi mumkinligini aytdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Ukraina urushi yil oxirigacha yakunlanishi mumkinligini aytdi

"Biz burilish nuqtasiga yaqinlashyapmiz. Oldimizda ikki yo‘l bor: yoki bu urushning davom etishiga ko‘z yumamiz, yoki yil oxirigacha barqaror tinchlikka erishamiz", — dedi Xoqon Fidan.

Turkiya TIV rahbari, shuningdek, Istanbuldagi muzokaralarning ikkinchi raundidan so‘ng Anqara Tramp, Putin va Zelenskiyni qabul qilishga tayyorligini bildirdi.

"Biz Istanbuldagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarning birinchi va ikkinchi raundlaridan so‘ng Erdo‘g‘an boshchiligida Tramp, Putin va Zelenskiy ishtirokidagi uchrashuv bo‘lib o‘tishi mumkinligiga chin dildan ishonamiz", — deya aniqlik kiritdi diplomat.

Fidan hozirda Kiyevda tashrif bilan bo‘lib turibdi, u yerda prezident Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan. Bundan biroz oldin u Moskvaga ham borgan edi.

Fidanning aytishicha, u Moskvada bo‘lganida Ukrainaning NATO'ga a’zolik masalasi ko‘tarilmagan.

Kiritildi: 21:29 30.05.2025. O'qildi: 487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!