Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Turkiya Suriya janubidagi zo‘ravonliklarning tezroq to‘xtashiga umid qilmoqda

Turkiya Suriya janubidagi zo‘ravonliklarning tezroq to‘xtashiga umid qilmoqda

Turkiya Suriya hukumati va mahalliy vakillar o‘rtasida muloqot o‘tkazish hamda xavfsizlikni ta’minlash yo‘li bilan Suriya janubidagi zo‘ravonliklarga tezroq barham berilishiga umid qilmoqda.

Bu haqda Turkiya TIV matbuot kotibi Onju Kejeli X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.

Bu jarayonda Suriya suvereniteti va birligini qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidlab, Turkiya xalqaro hamkorlar bilan birgalikda Suriyada barqarorlikni mustahkamlash va o‘t ochishni to‘xtatishga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Suriya janubida joylashgan As-Suvayda viloyatida badaviylar va druzlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar natijasida kamida 37 kishi halok bo‘lgan, 50 ga yaqin kishi jarohatlangan.

Suriya inson huquqlari observatoriyasi monitoring guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 27 druz va 10 badaviy bor. Qayd etilishicha, etnik ozchiliklar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar natijasida yana 100 kishi jarohatlangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, druzlar va badaviylar yetakchilari qurolli to‘qnashuvlarni to‘xtatishga chaqirmoqda.

Kiritildi: 08:00 15.07.2025. O'qildi: 456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!