Turkiyaning Bursa shahrida zaytun daraxtlari o‘sgan ochiq maydonda yong‘in chiqdi.
Haber Global nashri xabariga ko‘ra, yong‘in avvaliga o‘rmonga, keyin esa ikki mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan Ismetiye tumanidagi uylarga o‘tgan.
Voqea joyiga dronlar, ikkita vertolyot, 55 ta texnika va O‘rmonni muhofaza qilish xizmatining 139 nafar xodimi, shuningdek, mahalliy hokimiyatning 280 kishi va 100 tagacha texnikasi olib kelingan.
Yong‘in tufayli 100 ga yaqin odam evakuasiya qilingan, qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.