Turkiya prokuraturasi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va boshqa isroillik mulozimlar uchun 4596 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini talab qildi.
Bu haqda "RIA Novosti" nashri Turkiya OAVlariga tayanib xabar bermoqda.
«Prokuratura Istanbulning 10-sonli og‘ir jinoyatlar bo‘yicha sudiga ayblov xulosasini yubordi. Unda 35 nafar ayblanuvchi uchun umrbod qamoq jazosi hamda 1102 yildan 4596 yilgacha bo‘lgan muddatlarni talab qilgan», — deyiladi xabarda.
Isroil bosh vaziri va boshqa rasmiylar G‘azo sektorida insoniyatga qarshi jinoyatlar, genosid, odamlarni ozodlikdan mahrum qilish, shafqatsiz muomalada bo‘lish va zarar yetkazish kabilarda ayblanmoqda.