Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Turkiya mehmonxonalarning ommaviy yopilishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

A A A
Turkiya mehmonxonalarning ommaviy yopilishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

So‘nggi kunlarda Turkiya va xalqaro OAVda Turkiyada 4000 dan ortiq mehmonxonalar ommaviy yopilgani haqida xavotirli xabarlar tarqalmoqda, deb xabar beradi Kazinform.

Biroq sayyohlarni xavotirga solgan bu yangilik mamlakat turizm sohasi vakillari tomonidan tezda rad etildi.

Yirik sayyohlik xoldinglaridan biri rahbari O‘rxon Sanjarning so‘zlariga ko‘ra, bu to‘satdan yopilish emas, balki ayrim mehmonxonalar faoliyatidagi texnik va ma’muriy kamchiliklarni bartaraf etishning standart tartibidir. Uning ta’kidlashicha, Turkiya Turizm vazirligi ob’ektlarga qonuniy talablarni bajarish uchun vaqt beryapti.

Bu mish-mishlarga sabab bo‘lgan narsa advokat Abide Saraluning bayonoti edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 4000 ta mehmonxona turistik ob’ekt sertifikati yo‘qligi uchun muhrlangan. Unga ko‘ra, 2021 yildan boshlab mehmonxonalar mahalliy hokimiyat ruxsati bilan vaqtincha ishlay oladi, biroq olti oy ichida rasmiy sertifikat olishi kerak bo‘ladi. Ko‘pgina mehmonxonalar bu talabni o‘z vaqtida bajarmagan.

Biroq, O‘rxon Sanjar bu vaqtinchalik chora-tadbirlar ekanligini, mehmonxonalarda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilayotgani, oldindan bron qilish bekor qilingani haqida sayyohlik agentliklari xabardor qilinishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 4 mingtasi bugungi kunda qonunchilik talablariga moslashtirilayotgan ob’ektlarning umumiy sonidir.

Shuningdek, u sayyohlarga sayohat qilishdan oldin mehmonxona holatini tekshirishni va bron qilganligini tasdiqlashni maslahat berdi.

— Sanoatda inqiroz yo‘q, mehmonlar turar joysiz qolmaydi. Ammo ko‘ngli xotirjam bo‘lishi uchun oldindan bron qilganingiz ma’qul, — dedi Sanjar.

Turkiya rasmiylari va mehmondo‘stlik sanoati vakillari sayyohlarni vahima qo‘zg‘atmaslikka va faqat rasmiy ma’lumot manbalariga tayanishga chaqirmoqda.

Kiritildi: 22:55 27.05.2025. O'qildi: 436 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!