Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Turkiya janubidagi o‘rmonga o‘t qo‘yishda ayblangan fuqaro qo‘lga olindi

Turkiya janubidagi o‘rmonga o‘t qo‘yishda ayblangan fuqaro qo‘lga olindi

Bugun Turkiya janubidagi Marmaris kurorti yaqinidagi o‘rmonga o‘t qo‘yganlikda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda TRT telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, hozirda uni so‘roq qilish davom etmoqda.

Turkiya Ichki ishlar vazir Sulaymon Soylu bergan ma’lumotga ko‘ra, S.A. ismli shaxs qo‘lga olingan gumonlanuvchi Turkiya janubidagi Marmaris kurorti yaqinidagi o‘rmonga qasddan o‘t qo‘yganini tan olgan. Soyluga ko‘ra, gumonlanuvchining o‘rmonni yoqib yuborishiga yaqinda tarixda ushbu hudud bo‘yicha tijoriy mojarosiga uchragani sabab bo‘lgan. U avval o‘rmonni yoqib yuborgan, keyin esa o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgan.

Avvalroq respublika rasmiylari o‘rmon yong‘iniga o‘t qo‘yish sabab bo‘lishi mumkinligini istisno qilmagan edi.

Marmaris hududidagi yong‘in 21 iyun kuni kechqurun boshlandi. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in natijasida kurort hududining 300-400 gektar maydondagi ignabargli o‘rmonlari zarar ko‘rgan. O‘rmon borish qiyin bo‘lgan joylarda yonmoqda, shuning uchun yong‘inni o‘chirishda asosiy e’tibor aviasiyaga qaratilgan.

Yong‘inga yaqin hududda istiqomat qilgan 103 oila va shu atrofda ishlagan 274 kishi zarar ko‘rmasligi uchun evakuasiya qilingan.

Kiritildi: 23:06 23.06.2022. O'qildi: 2791 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!