Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Turkiya iyundan sayyohlarni qabul qilishni rejalashtirmoqda

Turkiya iyundan sayyohlarni qabul qilishni rejalashtirmoqda

Turkiya iyun o‘rtalaridan xorijlik turistlarni qabul qilishni boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy ma’lum qildi.

"Iyun o‘rtalaridan ma’lum bir mamlakatlarda xalqaro turizm tiklanadi deb o‘ylaymiz. Bular Xitoy, Janubiy Koreya va ushbu mintaqaning boshqa davlatlari bo‘ladi. Shu bilan birga, dunyoning ko‘plab nuqtalariga muntazam xalqaro parvozlar boshlanadi deb o‘ylayman", - dedi Ersoy NTV telekanali efirida.

U Turkiyada ichki turizm 28 maydan, Ramazon oyi tugaganidan so‘ng boshlanishini aytdi.

"Biz mehmonxonalarni yopmadik, aviatashuvchilar ishini to‘xtatgani va pandemiya bilan bog‘liq boshqa cheklovlar kiritilgani sababli ular yopilishga majbur bo‘ldi", - dedi Ersoy.

U Turkiya hukumati mehmonxonalarni sanitar-gigiyenik xavfsizlik bo‘yicha sertifikatlashtirish dasturi ishlab chiqqanini qayd etdi.

"Bu dunyodagi ana shunday birinchi tajriba va bizdan keyin YEI mamlakatlari ham ana shunday ish olib borishga qaror qildi", - deb qo‘shib qo‘ydi Ersoy.

Avvalroq Mehmet Ersoy Turkiyada 1 iyundan boshlab xorijdan kelayotgan barcha chet elliklar va mamlakat fuqarolari aeroportlarda koronavirusga test topshirishi majburiy bo‘lishini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 07:55 17.05.2020. O'qildi: 2124 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!