Turkiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Onju Kejelining aytishicha, Anqara 3 dekabr kuni G‘azo sektorida bo‘lgan 140 dan ortiq fuqarolari va ularning yaqinlarini olib ketishni kutmoqda.
Bu haqda TASS yozmoqda.
“Kecha tunda 142 nafar fuqaromiz oilalari bilan G‘azo sektoridan Misrga o‘tdi”, — dedi u.
Kecelining so‘zlariga ko‘ra, bu guruhning Turkiyaga 3 dekabr kuni yetib kelishi kutilmoqda.