Turkiya jandarmeriyasi mamlakatning to‘qqiz viloyatida noqonuniy qimor o‘yinlaridan olingan pullarni yuvish (legallashtirish)ga qarshi kurash doirasida operasiya o‘tkazdi.
Bu haqda Turkiyaning TRT Haber telekanali xabar bermoqda.
Operasiya davomida 36 kishi qo‘lga olindi, ulardan 4 nafari professional hakamlar edi. Kriptovalyuta hamyonlari noqonuniy qimor o‘yinlaridan tushgan daromadlarni yashirish uchun ishlatilgani aniqlandi.
Qo‘lga olinganlarning ba’zilari o‘zlari boshqargan o‘yinlardan oldin va keyin to‘rt nafar hakamning hisob raqamiga katta miqdorda pul o‘tkazgani aniqlangan.
Tekshiruv doirasida shirkat va jismoniy shaxslarga tegishli katta miqdordagi mol-mulk musodara qilindi. Hibsga olingan aktivlar orasida 1,441 million yevro, 630 ming dollar, 5 kg oltin, 200 kg kumush va kriptovalyuta bor edi.