Turkiya delegasiyasi Istanbulda o‘tkazilgan Rossiya-Ukraina muzokaralari joyini oxirgi bo‘lib tark etdi.
Ma’lum qilinishicha, Turkiya vakillari taxminan soat 17:00 da Rossiya-Ukraina muzokaralari o‘tkazilgan Istanbuldagi Turkiya prezidenti qarorgohi hududidan katta kortej bilan jo‘nab ketishgan.
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Istanbulda o‘tkazilgan Rossiya va Ukraina delegasiyalari o‘rtasidagi muzokaralarni tinchlikka erishish yo‘lidagi muhim bosqich deb baholadi.