Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Turkiya "aql bilan ishlaydigan" Bayraktar’ni namoyish qildi

Turkiya "aql bilan ishlaydigan" Bayraktar’ni namoyish qildi

Turkiyaning Baykar kompaniyasi Bayraktar TB2 dronining takomillashtirilgan versiyasini taqdim etdi. U Bayraktar TB2T-AI deb nomlandi. Dronga ilg‘or sun’iy intellekt tizimlari joylashtirildi, natijada uchuvchisiz uchish apparatining parvoz xususiyatlari yaxshilandi va jang olib borish imkoniyatlari kengaydi.

Bu haqda Baykar kompaniyasining rasmiy veb-saytida xabar berildi.

Dron allaqachon bir nechta sinovdan o‘tgan va ular davomida bir qator rekordlarni o‘rnatgan. Ishlab chiqaruvchi ta’kidlagan yangiliklar orasida Bayraktar’ga turbovintli dvigatel o‘rnatilgani va ilg‘or sun’iy intellekt tizimlari joylashtirilgani bor. Bu uning parvoz xususiyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi, mustaqil ishlash vaqtini oshirdi va jangovar imkoniyatlarini kengaytirdi. Dron bo‘yicha barcha takomillashtirishlar sir saqlangan.

Kiritildi: 20:22 15.05.2025. O'qildi: 773 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!