Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Turk madaniyati va merosi jamg‘armasi prezidenti TDT tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida nutq so‘zladi

Turk madaniyati va merosi jamg‘armasi prezidenti TDT tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida nutq so‘zladi

7 oktyabr kuni Ozarbayjonning Gabala shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Seyxun Bayramov, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayev, Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev, Turkiya tashqi ishlar vaziri Haqan Fidan, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, Vengriya tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Peter Siyarto, TDT bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev, shuningdek, hukumat vakillari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar. Turk madaniyati va merosi jamg‘armasi prezidenti Aktoti Raimqulova ham yig‘ilishda ishtirok etib, nutq so‘zladi.

“Adabiyot va san’at” portali xabar berishicha, Raimqulova xonim Ozarbayjon tomoniga samimiy mehmondamazlik va sammitning yuqori darajada tashkil etilgani uchun minnatdorlik bildirdi. U tinchlik va xavfsizlik masalasi davlatlar orasida hamkorlikni mustahkamlash hamda kelajak avlodlar uchun madaniy merosni asrab-avaylash nuqtai nazaridan alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

O‘z nutqining davomida Turk madaniyati va merosi jamg‘arisining joriy yilda amalga oshirgan ishlari haqida batafsil ma’lumot berar ekan, xonim Raimqulova shunday dedi:

“2025-yilda biz restavrasiya, muzeylashtirish, raqamlashtirish va almashinuv dasturlarini o‘z ichiga olgan 65 ta loyihani amalga oshirdik. Barcha tashabbuslarimizda integrasiya, hamkorlik va birlikka ustuvor ahamiyat beramiz. ‘Turk dunyosiga nazar – 2040’ hujjati va Astana nizomiga muvofiq ravishda biz birinchi ‘Turk dunyosi madaniy merosi ko‘p tilli katalogi’ni nashr etdik. Ushbu nashr kelgusida ‘Turkic Heritage’ (“Turk merosi”) deb nomlangan raqamli platformaning asosini tashkil etadi.”

U, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti janob Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va Turk davlatlari rahbarlarining qo‘llab-quvvatlashi bilan ko‘p jildi “Turk folklor merosi” antologiyasi amalga oshirilganini eslatib o‘tdi.

Jamg‘arma YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida “Devonu lug‘otit turk” asarining 950 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyani ham tashkil etdi.

Raimqulova ta’kidlashicha, jamg‘arma “Turk dunyosiga nazar – 2040” va “TURKTAYME” hujjatlariga asoslanib, YUNESKO, ISESKO va boshqa turk hamkorlik tashkilotlari bilan aloqalarni mustahkamlashda davom etmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yilning may oyida Budapeshtda o‘tkazilgan norasmiy sammitda O‘zbekistonning Turk madaniyati va merosi jamg‘arisida to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilinishi haqidagi tarixiy qaror qabul qilingan bo‘lib, bu turkiy oilaning yanada boyishiga xizmat qildi.

Jamg‘arma rahbari, shuningdek, Turkmanistonning kuzatuvchi sifatida tashkilotga qo‘shilish istagini muhim qadam sifatida baholab, bu mamlakat yaqin kelajakda to‘laqonli a’zo sifatida oilaga qo‘shilishini umid bildirdi.

Jamg‘arma prezidentining chiqishi turkiy davlatlar orasida madaniy hamjihatlik va birdamlikni yanada kuchaytirishga da’vat bilan yakunlandi.

Kiritildi: 16:28 07.10.2025. O'qildi: 656 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!