Evropa Ligasi doirasidagi «Beshiktosh» – «Makkabi Tel-Aviv» bahsi tomoshabinlarsiz o‘tadi.
Turk klubi turnirning umumiy bosqichi 5-turidan o‘rin olgan 28 noyabr kungi bellashuv Vengriyaning Debresen shahrida bo‘sh tribunalar oldida o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Vengriya o‘yinni o‘tkazishga rozilik bildirgan yagona davlat bo‘lgan.
Dastlab Vengriya rasmiylari bahsni tomoshabinlar bilan o‘tkazishga rozi bo‘lgandi, biroq «Makkabi» jamoasining «Ayaks»ga qarshi Amsterdamdagi o‘yinidagi voqealar tufayli uchrashuvni yopiq eshiklar ortida o‘tkazishga qaror qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Amsterdamda bo‘lib o‘tgan Yevropa ligasi doirasidagi «Ayaks» – «Makkabi Tel-Aviv» (5:0) o‘yinidan so‘ng Isroil klubi muxlislari Falastin bayrog‘ini yoqishgan va shundan keyin ularga hujumlar bo‘lgandi. Hodisadan so‘ng favqulodda choralar ko‘rilgan va ko‘chalarda polisiya navbatchilik qilgan. Yahudiylarning binolari qo‘shimcha himoya bilan ta’minlangan.