Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Turk havo yo‘llari Moskvaga parvozlarni bekor qildi

A A A
Turk havo yo‘llari Moskvaga parvozlarni bekor qildi

Turk Havo Yo‘llari kecha tunda Moskva ayeroportlarida kiritilgan cheklovlar tufayli Rossiya poytaxtiga parvozlarni bekor qilmoqda.

Bu haqda Rossiya turistik operatorlar uyushmasi (ATOR) ma’lum qildi, deb yozadi “TASS” .

"26-may kuni Rossiyaning markaziy ayeroportlarida tungi vaqtda samolyotlarning qo‘nishi va jo‘nashiga yana cheklovlar kiritildi. Bu Domodedovo, Vnukovo va Jukovskiy ayeroportlari jadvalining o‘zgarishiga olib keldi. Reyslarning 60 foizga yaqini jadvalga muvofiq amalga oshirilmayapti yoki bekor qilindi. Turk havo yo‘llari reyslarining muntazamligi ham buzildi", - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, turoperatorlar vaziyatni o‘rganmoqda va yangi parvoz vaqtlari haqida ma’lumot kutishni tavsiya qilmoqda.

Kiritildi: 21:50 26.05.2025. O'qildi: 672 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!